Ovoz bering
Statistika
Hozir saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar 0
|
Блог
Главная » 2010 » Iyun » 27 » Abdulla Oripov
|
Abdulla Oripov sherlarini shu yerdan o'qishingiz mumkin. Agarda sizda ham ijodkorning ijod namunalari bo'lsa joylashni unutmang!
|
Просмотров: 2360 |
Добавил: Tulaganov
| Рейтинг: 2.0/2 |
Всего комментариев: 4 | |
4
Adham Rahmanov
(18.06.2011 13:47)
0
Sen borsan men uchun bu hayot go'zal, Sen borsan men uchun dilbar koinot, Sensiz qolar edim- zulmatda tugal, Sensiz qolar edim butkul bemurod
|
1
XATO QILISHINGNI KUTARLAR Shundaylar bor, senga lutf aylab, Do'stman, deya qo'lin tutarlar. Lekin har zum qadaming poylab, Xato qilishingni kutarlar. Xato qilsang, ularga bayram, Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar. Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham, Xato qilishingni kutarlar. Xatolaring kerak ularga, Shox-novdangni darhol butarlar. Tag'in kunni ulab tunlarga, Xato qilishingni kutarlar. Axtarurlar hamisha illat, Etti pushting go'rin titarlar. Faqat unma, ulg'ayma faqat, Xato qilishingni kutarlar. Ular senga bir umr yo'ldosh, Sodiq hamroh kabi o'tarlar. Qabring uzra egsalar ham bosh, Xato qilishingni kutarlar
|
0
SHAYTON La’natlab bo‘lsa ham, qarg‘ab bo‘lsa ham Har kun tilovatda aytilar nomi. Uning bosh suqmagan joyi kamdan-kam, Ichilgan har qadah uning ham jomi... Deydilar, norasta go‘dakni hatto Uyquda qitiqlab kuldirar emish. Salgina g‘aflatda qolsang mabodo Qilmagan ishingni qildirar emish. Shaytonning hunari chindan rang-barang, Sallani paytava qilib o‘ratgay. Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang Nodonni shoh qilib, yurtni so‘ratgay. Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron, La’natga ko‘mildi badbaxt u lain. Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin. Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab, Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda. Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab, Bizni kutib oldi tayyoragohda.
|
0
Ketmoqdaman Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman, Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman. Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och, Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman. Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak, Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman. Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir, Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman. Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman. Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo, Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
|
|
|
|
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
Календарь
« Iyun 2010 » | Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|