Tunlar qarorini o`g`irlagan dard, Armon yomg`iriga cho`milgan islar. Yuragi bosilgan tuproqdayin gard, Isyonkor dunyoni o`g`irlar kaslar. Falakka nigohin sanchgan yag`irlar, Vujudini tilka qiladi bir qiz. Gulobxo`rlik qilar tunlar oy bilan, Lablari qaltirar... izlanar... u... siz! O`padi, gullarning gul yanog`idan, Orzuni samovot qa`riga tashlab. Yomg`irdek tuproqqa singgisi kelar, Dil manhus kelejak ne bo`lar yo rab. Tunlar qarorini o`g`irlagan dard, Armon yomg`iri ko`mmoqqa qodir. Yuragi bosilgan tuproqdayin gard, Isyonkor dunyoni o`g`irlar shoir.