Sen meni kechirgin gaplarim uchun, O‘rinsiz so‘zlarim uchun kechirgin. Sening yuzlaringga boqib tunu kun To‘ymagan ko‘zlarim uchun kechirgin. Fikring menikidir, zikring meniki, Menga taalluqli go‘zalliging ham. Qolgan barcha mulking, mayli, seniki, Ayt-chi, nima qoldi o‘zingga, erkam.