Yuragimda olam-olam so'z, aytmoqlikka bardosh yo'q biroq. Atrofimda sog'inchlar bisyor... So'nggi so'zim alvido edi. So'nggi diydor muhrlandi hotiramning cheksiz bagriga- armon deya o'yildi bari. Baxt tiladi, yosh to'la ko'zim... Kaftda tutgan yuragim chil-chil, dushvor endi sensiz yashamoq... Mana yana ,hazon kuz tashrif. Yana kimning baxtin qiladi hazon?! Takror kelar, lekin sensiz... So'roqlarim qolar kuzlarda, hazon ila ko'milar beun...