Tomirimda sovib qonim Urmay qo'ydi xasta yurak Tanamni tark etib jonim Armon bo'lar o'sha tilak Yuragimdan sog'inardim Sog’inarmu jonsiz yurak Tugab borar sho’rlik umr Jonsiz tanam kimga kerak?.. Tark etsada tanamni jon Sog’inmoqda ruhim hamon…
Seni nohaq Ranjitdi yoring, Yo o`zgadan rashk etdi yoring. Nolishingga quloq solmadi, Izhoringdan ko`ngli qonmadi. Ketdi boqmay hatto qayrilib... Sen buni ham dema ayriliq. Dil o`rtama, yig`lama aslo. Sen bu hijron zulmati aro Pok sevgingni aylagin chiroq, — Visol bilan almashur firoq.
Sen meni kechirgin gaplarim uchun, O‘rinsiz so‘zlarim uchun kechirgin. Sening yuzlaringga boqib tunu kun To‘ymagan ko‘zlarim uchun kechirgin. Fikring menikidir, zikring meniki, Menga taalluqli go‘zalliging ham. Qolgan barcha mulking, mayli, seniki, Ayt-chi, nima qoldi o‘zingga, erkam.
Agar taqdir birlashtirmasa, o'zgani seva olasizmi? Kechir meni azizim deya, mendan ruxsat ololasizmi? Agar sizning ishqingizda o'lsam mozorimga borolasizmi? Qabrim uzra boshizni egib, ko'zizga yosh ololasizmi? Yillar o'tib o'g'il ko'rsangiz gar, MENING ismim qo'yolasizmi? O'g'lingizni bag'rizga bosib mehabbatim deyolasizmi?